Chorrahalarda raqamli boshqaruv tizimi joriy qilinadi
“Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-dekabrdan haydovchilarga yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi.
Mazkur tizim quyidagilarni nazarda tutadi:
— har bir yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
— hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi maʼlum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan oʻrnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
— muayyan davr mobaynida yoʻl harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi.
Haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi barcha taʼlim muassasalari (avtomaktablar) va imtihon markazlariga faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
Avtomaktablarning innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning oʻqituvchi, haydovchi-yoʻriqchi va murabbiylarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
2023-yil yakunigacha poytaxtning barcha chorrahalarida, shuningdek, Nukus shahri va viloyatlar markazlarining yirik asosiy serqatnov chorrahalarida, 2024-yil yakunigacha Nukus shahri va viloyatlar markazlarining barcha chorrahalarida raqamli boshqaruv tizimi joriy qilinadi.
2022-yil 5-apreldan Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi tashkil etiladi.
2022-yil 1-iyuldan respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida “Xavfsiz yoʻl” indeksi yuritiladi. Bunda:
— indeks doirasida yoʻl infratuzilmasi va yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinishining holati 29 ta indikator boʻyicha har chorak yakunida baholab boriladi;
— tuman (shahar)lar indeks koʻrsatkichlari asosida yoʻllarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati boʻyicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring