Chilonzorda “Lacetti” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, gaz trubasiga borib urildi

10:17 06 May 2025 Jamiyat
105 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumanida “Lacetti” avtomobili yoʻl transport hodisasiga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 6-may kuni soat 03:50 larda Chilonzor tumani Muqimiy koʻchasida “Lacetti” rusumli transport vositasi haydovchisi, rul boshqaruvini yoʻqotgan hamda gaz trubasiga borib urilgan.

“Ushbu yoʻl transport hodisasi oqibatida transport vositasi haydovchisiga birinchi yordam koʻrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi boshqarma xabarida

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida “Damas” haydovchisi uxlab qolib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Nexia-3”ga borib urilgani haqida xabar berilgan edi. shuningdek, Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻlgani xabar qilingandi. Shuningdek, Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida “Nexia-3” qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib, “Tico” bilan toʻqnashdi. Oqibatda “Tico” haydovchisi vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер