“Chevrolet Cobalt” uchun kontraktatsiya ochilmoqda
“GX-Style AT Plus” va “GX-Midnight AT” modifikatsiyasi uchun shartnomalarni faqat savdo.uzavtosanoat.uz orqali tuzish mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Shartnoma berish jarayoni 11-dekabr kuni soat 10:00 da boshlanadi. ”Telegram” bot hamda “UzAvtosavdo” ilovasi orqali esa navbatni kuzatish hamda mavjud avtomobillar haqida maʼlumot olish mumkin.
Kompaniyaning qayd etishicha, avvalgi kontraktatsiyada tuzilgan shartnomalar uchun belgilangan vaqtda toʻlovi amalga oshirilmagan hajmlar qayta kontraktatsiyaga qoʻyiladi.
Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov 7 kun ichida amalga oshirilishi kerak. Savollar yuzasidan kompaniyaning +998 78−141−7777 raqami orqali maʼlumot olish mumkin.
Kompaniya 22-noyabr kuni “GX-Style AT Plus” va “GX-Midnight AT” uchun shartnoma tuzishi maʼlum qilingandi. Shu kuni, 10 soat ichida mazkur modellar uchun jami 55 494 ta shartnoma berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring