Chekka va togʻli hududlar uchun “Mirzo Ulugʻbek” onlayn maktabi tashkil etilmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan”Mirzo Ulugʻbek” onlayn maktabining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda vazir oʻrinbosari Uzoqboy Begimkulov va Jamgʻarma raisi Oqil Salimov ishtirok etib, onlayn maktabning ahamiyati va kutilayotgan natijalar haqida soʻz yuritishdi.
Maʼlumot oʻrnida: onlayn maktab doirasida hozirda test-sinov tariqasida 3 ta togʻli va chekka hududdagi maktablar tanlab olindi. Bular Jizzax viloyati, Forish tumani 7-sonli, Samarqand viloyati Qoʻshrabod tumani 70-sonli va Surxondaryo viloyati Denov tumani 62-sonli maktablardir.
Mazkur maktablarda yuqori sinf oʻquvchilari matematika va ingliz tili fanlaridan qoʻshimcha taʼlim olishadi.
Ushbu onlayn maktabni tashkil qilishdan maqsad Respublikaning chekka hududlari va togʻli joylarda taʼlim sifatini oshirish hamda ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Mazkur loyiha test-sinov jarayonida ijobiy natijalar olingandan soʻng Respublikaning boshqa togʻli va chekka hududlaridagi taʼlim muassasalariga joriy etilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring