Chekka hududlarga sanoatni olib kirish — klasterlar oldidagi ustuvor vazifa
“Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi tashkil etilganiga bir yil toʻldi. Aniqrogʻi, mazkur nodavlat notijorat tashkilot Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22 iyundagi “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida tuzilgan edi.
Bugun uyushmaning bir yillik faoliyati tahlili va galdagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda asosiy eʼtibor tizimdagi 122 ta paxta-toʻqimachilik klasterlari misolida yerdan samarali foydalanish, koʻproq daromad olish uchun chuqur qayta ishlashni yoʻlga masalasiga qaratildi.

— Maʼlumotlarga qaraganda, Niderlandiyada bir gektar yerdan 160 ming AQSH dollari miqdorida daromad olinmoqda, — dedi “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi raisi, senator Murtazo Rahmatov. — Yoki boʻlmasa, Vetnamda bir tup gʻoʻza oʻsmaydi, bir kilogramm paxta yetishtirilmaydi, lekin 50 milliard dollarlik toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilinadi. Yiliga 3 million tonnadan ziyod paxta yetishtirilib, 1 million tonnadan ortiq tola olinadigan Oʻzbekistonda-chi? Afsuski, paxta-toʻqimachilik mahsulotlari eksporti 2 milliard dollarga ham yetmaydi. Bizning hisob-kitoblarga koʻra, tolani chuqur qayta ishlash evaziga 25 milliard dollarlikdan ortiq qoʻshimcha qiymat yaratish mumkin. Klasterlar bugun ushbu natijaga erishish yoʻlida davlatimiz rahbarining innovatsion gʻoyasi asosida jipslashib, mehnat qilmoqda.
Yigʻilishda chekka hududlarga sanoatni olib kirish orqali qishloq aholisi bandligini taʼminlash, ularning daromadini oshirishga xizmat qiladigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, soha uchun yetuk kadrlar tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi. Uyushma oldida turgan vazifalar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring