Chavandoz Abdurahmon Abdullayev BAAda oʻtayotgan nufuzli musobaqalarda qatnashmoqda
Konkur boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdurahmon Abdullayev BAAda oʻtayotgan nufuzli musobaqalarda qatnashmoqda. Hamyurtimiz “Sharjah Ruler Cup” musobaqasining navbatdagi bosqichida startga chiqdi.
“Quintair” laqabli otda oʻz dasturini namoyish etgan chavandozimiz 155 sm balandlikdan sakrash mashqini jarima ochkolarisiz oʻtkazdi. Bu bilan Abdullayev 4-natijani qayd etdi.
Qayd etish joiz, ushbu koʻrsatkich yurtdoshimizga musobaqaning keyingi bosqichiga oʻtish uchun yetarli boʻldi. Startga chiqqan 38 nafar mohir chavandoz orasida 12 sportchi navbatdagi bosqichga yoʻl oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring