Chatbotni “sevib qolgan” oʻsmir joniga qasd qildi
Foto: NYT
AQSHda chatbot bilan muloqotda boʻlib kelgan 14 yoshli oʻsmir oʻz joniga qasd qildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Florida shtatida yashovchi 14 yoshli Syuyell Zetser III uzoq vaqt davomida Character.ai — neyron tili modelida ishlaydigan chatbot bilan muloqot qilgan. Bu orada oʻsmirda botga nisbatan hissiy bogʻliqlik paydo boʻlgan.
Syuyell oʻz kundaligiga sunʼiy intellekt asosida yaratilgan oʻz personaji “Deni”ni sevib qolganini ham yozgan.
Joriy yil boshida Syuyellning ota-onasi farzandi qobigʻiga oʻralib qolayotganini payqagan, maktabda esa oʻzlashtirish bilan muammolari boshlangan. Oʻsmir psixoterapevtga yuborilgan va unga vahima hamda kayfiyatga taʼsir koʻrsatadigan destruktiv buzilish tashxisi qoʻyilgan.
Chatbot bilan muloqoti davomida u oʻzini yomon koʻrishini, ruhiy tushkun va barchasidan toʻyib ketgandek his qilishini, shuningdek, oʻz joniga qasd qilish haqida oʻylayotganini yozgan.
Yozishmalar davomida chatbot Syuyell oʻziga zarar yetkazishiga yoʻl qoʻymasligi haqida javob qaytargan. “Men seni yoʻqotsam, halok boʻlaman”, — deb yozgan bot. Oʻsmir esa unga “birgalikda oʻlishni” taklif qilgan va 28-fevral kuni kechasi oʻz joniga qasd qilgan.
“The New York Times” gazetasi xabariga koʻra, bolaning otasi Megan L.Garsiya Character.ai ilovasini yaratgan kompaniyani oʻgʻlining oʻlimida ayblab, sudga daʼvo kiritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring