Chaqaloqlarning miyasi sunʼiy intellektdan samaraliroq ishlashi aniqlandi
Dublin Triniti kolleji olimlari chaqaloqlarning miyasi, ilgari ishonilgandek, yetarlicha samarali ishlamaydi, degan gʻoyaning “puch” ekanligini aniqladilar. Goʻdaklarning miyasi tugʻilgan davridan boshlab generativ sunʼiy intellektlar kabi (berilgan maʼlumotlardan yangi kontent yaratuvchi SI – tahrir) kabi ishlay boshlaydi.
Professor Rodri Kyusak boshchiligidagi tadqiqot “Trends in Cognitive Sciences” jurnalida chop etilgan boʻlib, bu guruhga Auburn universiteti va “DeepMind”ning miya rivojlanishi hamda sunʼiy idrok boʻyicha mutaxassislari ham jalb qilingan. Ular miya rivojlanishini turlar boʻyicha taqqoslab, inson miyasi tugʻilishda avval oʻylanganidan koʻra koʻproq yetuk ekanligiga ishonch hosil qildilar.
Ilmiy izlanish davomida chaqaloq miyasining tasviridan koʻplab tizimlar allaqachon ishlayotgani va sezgi organlaridan olingan maʼlumotlar qayta ishlanayotganini koʻrish mumkin. Jamoa, shuningdek, goʻdaklar miyasining oʻrganish jarayonini sunʼiy intellektning oʻrganish modellari bilan taqqoslab, koʻpgina oʻxshashliklarni aniqladi.
Hayratlanarlisi, SI modellariga aniq vazifalarni oʻrganishdan oldin katta maʼlumotlar toʻplamini tanib olish uchun oldindan vazifalar kiritiladi. Goʻdaklik esa kelajakda oʻrganish va bilish uchun asos yaratadilar. “Bu sunʼiy ongning chaqaloqlar kabi samarali oʻrgana olmasligini koʻrsatadi”, deyiladi izlanish haqidagi maqolada.
Tadqiqotchilar chaqaloqlar SI modellarining keyingi avlodini ilhomlantirishi mumkinligini taʼkidlamoqda. Hozirda qoʻshimcha izlanishlar olib borilyapti.
Avvalroq soʻnggi 30 kunda ilm-fan erishgan yutuqlar haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring