Byudjet mablagʻlari har doim xalq nazarida boʻlishi lozim
Mamlakatimiz taraqqiy etgani sayin yangi-yangi qonunlarga ehtiyoj ham paydo boʻlaveradi. Albatta, bu tabiiy hol. Chunki bugungi hayot darajamiz bilan burungisini solishtirib boʻlmaydi. Xuddi shunday xalqimizning kechagi ongu tafakkuri, qarashlari bilan bugungisini taqqoslash juda qiyin.
Har yili Davlat byudjeti qonun bilan qabul qilinishi va uning deputatlar nazaridan oʻtkazib olinishi, oʻzgarish hamda qoʻshimchalar kiritilishi ham mamlakatimizning tom maʼnoda demokratik davlatga aylanib borayotganidan dalolat berib turibdi.
Keyingi yilga moʻljallangan “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ham parlamentimizda keng muhokamalar qilindi, koʻplab takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi. Mazkur qonun loyihasida qator muhim oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Mana birgina misol, mazkur qonunda birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilari Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlardan faqat 2021 moliya yili davomida foydalaniladi deb qatʼiy belgilangani adolat tamoyillariga juda mos keladi. Shuningdek, 2021 moliya yili oxirigacha foydalanilmagan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar kelgusi moliya yiliga oʻtkazilmaydi deb qayd etilganini juda toʻgʻri qaror deb hisoblayman.
Shuni alohida eʼtirof etishni istar edimki, 2021-yilga moʻljallangan asosiy moliyaviy hujjatimiz qoʻmitalar, ayniqsa, siyosiy partiyalar fraksiyalarida ilgarigilariga nisbatan juda sinchiklab tahlil qilindi, eng muhimi, bu jarayon qizgʻin bahs va munozaralarga, tortishuvlarga ham sabab boʻldi. Albatta, qonun loyihasi bu tarzda qizgʻin muhokama qilinishi va Qonunchilik palatasiga biroz kechikib kiritilishi ham uning mukammal ishlab chiqilganidan dalolat beradi.
Eng eʼtiborli tomoni shundaki, deputatlarning takliflari va hukumat vakillarining roziligi bilan Qonun loyihasi 1 ta yangi modda bilan toʻldirildi, shuningdek, deputatlar taklifi asosida, 2021-yil uchun Davlat byudjeti loyihasida umumtaʼlim maktablarini jihozlash uchun qoʻshimcha 100 milliard soʻm, “El-yurt umidi” fondiga qoʻshimcha 32,5 milliard soʻm, Axborot-kutubxona markazlarida kutubxona fondini yangilash va toʻldirish uchun 5 milliard soʻm mablagʻ ajratilishi belgilandi.
Basharti bu Qonunning maqsadi 2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekan, uni mukammal va toʻlaqonli qilib qabul qilinishidan davlatimiz ham, xalqimiz ham manfaatdordir.
Hazratqul XOʻJAMQULOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring