Buyuk Britaniyada tashqi tahdidlarga qarshi kurashish uchun elita qoʻshinlari yetishmayapti

Foto: AP
Buyuk Britaniyada tashqi tahdidlarga qarshi kurashish uchun elita qoʻshinlari yetishmayapti. Bu haqda “Daily Mail” nashrida chop etilgan maqolada soʻz borgan.
Taʼkidlanishicha, Buyuk Britaniya maxsus kuchlarining asosiy boʻlinmalari tarkibiga kiruvchi Maxsus havo-desant yoki aviatsiya xizmati (SAS), Maxsus qayiq xizmati (SBS) va Maxsus razvedka polki (SRR) atigi 65-70 foizga shakllantirilgan.
“Qoʻmondonlar SAS boʻlajak maxfiy operatsiyalarda qatnasha olmasligidan xavfsirashadi va hukumatga mamlakat xavfsizligi uchun muhim boʻlgan maxsus kuchlar xodimlari sonining qisqarishi haqida shikoyatlar kelib tushmoqda”, deyiladi maqolada.
“Maxsus kuchlar mamlakat xavfsizligi uchun juda muhim”, deydi Britaniya harbiy razvedkasining sobiq zobiti podpolkovnik Filip Ingram. Uning qoʻshimcha qilishicha, ularda kadrlar yetishmasligi katta tashvish uygʻotishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring