Buyuk Britaniya yaqin oylarda Ukrainaga sunʼiy intellekt yordamida ishlaydigan minglab dronlarni yetkazib berishi mumkin
Foto: AP
Buyuk Britaniya va AQSH sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)ni ishlab chiqmoqda. Ular bir necha oy ichida Ukrainaga yuborilishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.
“Buyuk Britaniya bir qator davlatlar, jumladan, AQSH bilan hamkorlikda Ukrainaga Rossiya nishonlariga bir vaqtning oʻzida hujum qila oladigan minglab sunʼiy intellekt bilan jihozlangan yangi dronlarni taqdim etish ustida ishlamoqda”, — deya yozmoqda “Bloomberg” bunday qurollarni ishlab chiqarayotgan Gʻarb harbiy rejachilariga tayanib. Manbada qayd etilishicha, dronlar Ukrainaga “bir necha oy ichida” yuborilishi mumkin.
Qayd etilishicha, sunʼiy intellekt texnologiyasi bilan jihozlangan dronlar zarba berish uchun bir-biri bilan aloqa qiladi. Ularning hammasiga ham operatorning ehtiyoji yoʻq.
Avvalroq, Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish yuzasidan NATO davlatlariga nota yuborgan edi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol boʻlgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini taʼkidladi. Shu oʻrinda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “oʻt bilan oʻynamoqda” deb taʼkidladi.
Kremlga koʻra, Ukrainani Gʻarb qurollari bilan toʻldirish Rossiya — Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qoʻshmaydi va salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Lavrov, shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlari va NATO Ukrainadagi mojaroda, jumladan, “nafaqat qurol-yarogʻ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa davlatlar hududida kadrlar tayyorlash bilan ham” bevosita ishtirok etayotgani taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring