Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni sinovdan oʻtkazdi
Foto: Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi
Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni muvaffaqiyat sinovdan oʻtkazdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu qurol dronlar toʻdasini bir zumda zararsizlantirishi mumkin.
“Urush tabiati oʻzgarganda, bu qurollar dron tahdidlaridan himoyalanish imkoniyatiga ega”, — deyiladi vazirlik bayonotida. Qayd etilishicha, bu qurol yoʻnaltirilgan radiochastota energiya qurolining bir turi hisoblanadi.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, radiotoʻlqinli qurollar sohasida tadqiqot va ishlanmalarga 40 million funt sterlingdan ortiq mablagʻ sarflangan. Kelajakda bunday qurollar anʼanaviy raketaga asoslangan havo mudofaa tizimlariga qoʻshimcha boʻlishi mumkin.
Taʼkidlanishicha, qurol hatto elektron urush tizimlari tomonidan toʻsib boʻlmaydigan tahdidlarga ham qarshi turishga qodir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring