Buyuk Britaniya Oʻzbekistondan meva va sabzavotlarni sotib oladi
Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan “Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya: meva-sabzavot eksporti istiqbollari” mavzusida vebinar tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya jamiyati, nufuzli “ThePackHub”, “Aerona” va “AKS Service” britan kompaniyalari rahbarlari, Oʻzbekiston Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi mutasaddilari hamda milliy eksportyorlar ishtirok etdi.
Diplomatlar Oʻzbekistonda agrar sohani isloh qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar haqida aytib oʻtdilar. Oʻzbekistondan 80 ta davlatga 180 xil meva-sabzavotlar eksport qilinayotgani taʼkidlandi.
Bundan tashqari, Britaniya kompaniyalari tomonidan milliy tadbirkorlarga britan bozoriga Oʻzbekistondan meva-sabzavotlarni eksport qilish shartlari, qadoqlashga boʻlgan talablar va tovarga rasmiylashtirilishi kerak boʻlgan hujjatlar hamda bojxona bojlari haqida maʼlumot berildi.
“Aerona” kompaniyasi rahbari Tom Kouley Oʻzbekistonda yetishtirilayotgan mahsulotlar Britaniya bozorida raqobatbardosh ekanligini taʼkidladi.
Tadbir yakunida hamkorlikda Oʻzbekiston mahsulotlarini yirik “Tesco” va “Sainsburyʼs” savdo shoxobchalari orqali sotuvini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring