Butunjahon turizm tashkiloti rahbari tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi

23:43 04 Noyabr 2022 Siyosat
1154 0

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili kecha tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov kutib olgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent va uning sayyohlik obyektlari bilan tanishish hamda Turizm va madaniy meros vazirligida muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi 2023-yilda Samarqandda boʻlib oʻtadi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston turizm salohiyatini yanada yuksaltirish va shaharni dunyoning sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ana shunday markazlardan biri Samarqanddagi eshkak eshish kanali atrofida 260 gektar maydonni egallagan “Silk Road Samarkand” hisoblanadi. Koʻp tarmoqli majmua hududida kongress-markaz, turli toifadagi 8 ta mehmonxona, restoran, akva-zona va “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi kabi zamonaviy inshootlar barpo etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?