Burhoniddin Kirmoniy merosi — Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida
Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand ilm-fan markazlaridan biriga aylangan edi. Ana shu davrda shaharga Sharq mamlakatlaridan yetuk olimlar tashrif buyurib, mahalliy olimlar bilan hamkorlik qilgan. Ularning orasida tibbiyot sohasining yirik namoyondalaridan biri – Burhoniddin Nafis ibn Avaz Hakim Kirmoniy ham bor edi.
Eronning Kirmon shahrida tug‘ilgan bu alloma Samarqandda tibbiyotni chuqur o‘rganib, Ibn Sino va Najibuddin Samarqandiy asarlariga sharhlar yozgan. U Ibn Sinoning mashhur "Tib qonunlari" asariga yozgan sharhini Mirzo Ulug‘bekka hadya qilgan. Hozirda mazkur asar qo‘lyozmasining bir nusxasi Vashingtondagi tibbiyot kutubxonasida saqlanmoqda. Uning "Sharhu-l-amrozi-l-juz’iya" ("Juz’iy kasalliklar sharhi") asari esa Damashqdagi "Az-Zohiriya" kutubxonasida mavjud.
Bu buyuk olimning ilmiy merosini o‘rganish nafaqat Sharq tabobati tarixini yoritish, balki Temuriylar, ayniqsa, Mirzo Ulug‘bek davridagi ilm-fan rivoji va xalqaro ilmiy aloqalarni anglashga yordam beradi.
Hozirda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Burhoniddin Kirmoniyning ilmiy faoliyatini tadqiq etish, uning asarlari bo‘yicha muzey ekspozitsiyasi yaratish ustida ish olib bormoqda. Mavjud qo‘lyozmalarning faksimile nusxalari tayyorlanib, ular markaz ekspozitsiyasidan o‘rin oladi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati xabar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring