85 yil oldin barpo etilgan GES modernizatsiya qilinmoqda

18:45 26 Iyul 2018 Jamiyat
2135 0
Foto: “Xalq so‘zi”

“Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi, umumiy quvvati 13,2 mVt bo‘lgan gidroelektr stansiyasi bundan qariyb 85 yil muqaddam bunyod etilgan.

Tabiiyki, o‘tgan davr mobaynida u o‘zining ishlash quvvatini yo‘qotib, ta’mirga muhtoj bo‘lib qolgan edi. Prezidentining 2018 yil 4 yanvardagi 3461-sonli qarori mazkur gidrotexnika inshooti faoliyatida yangi davrni boshlab berdi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Gap shundaki, ushbu hujjatga muvofiq,Qodiriya GES kaskadini (GES-3) modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiyaviy loyiha amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatidan ma’lum qilishlaricha, GES-3nimodernizatsiyalash loyihasi “Gidroproyekt” AJning malakali mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, qurilish va ta’mirlash ishlari “O‘zbekgidroenergoqurilish” AJ tomonidanolib borilmoqda. Bu jarayonda zarur bo‘ladigan jihozlar esa “Suvsanoatmash” AJ tomonidan uzluksiz yetkazib berilyapti. Natijada bunyodkorlar ishlari jadal sur’atlarda, ikki smenda davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?