Bulungʻur tumani hokimi bokschi Sitora Turdibekovaga yangi uy uchun sertifikatni topshirdi
Parij Olimpiadasi ishtirokchisi, boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi Sitora Turdibekova Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tantanali kutib olindi. Bu haqida hokimlik axborot xizmati maʼlum qildi.
Tuman hokimi Samandar Astanov bokschi qizning Parijdagi turnirning nimchorak finalida xitoy taypeyilik raqibiga alamli tarzda magʻlub boʻlganiga qaramay, musobaqada munosib ishtirok etib, olqishlarga sazovor boʻlganini ta'kidladi hamda yangi uy uchun sertifikatni topshirdi. Qayd etilishicha, ushbu sovgʻa xususiy tadbirkor tomonidan berilgan.
Shuningdek, bokschining ota-onasiga esdalik sovgʻalar topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring