Buxoroda tashkil etilgan koʻrgazmaga VIII asrda koʻchirilgan Qurʼoni Karim namunasi ham qoʻyildi
Koʻhna Ark qalʼasida joylashgan Subxonqulixon masjidida “Qurʼon kitoblari” nomli koʻrgazma tashkil etildi.

- Ushbu tadbir nodir kitoblarni asrab – avaylash, oʻrganish, keng jamoatchilik, xususan, yoshlarni ajdodlarimiz merosini qadrlashga daʼvat etish maqsadida tashkil qilindi,-deydi Buxoro davlat muzey – qoʻriqxonasi tarix boʻlimi mudiri Oʻktamali Ravshanov.- Bilasiz, Oʻrta Osiyoga islom dinining keng tarqalishida uning oʻzgarmas va ishonchli manbasi sanalgan kitob nusxalarining olib kelinishi muhim ahamiyat kasb etgan.Shu nuqtayi nazardan koʻrgazma eksponatlari qatoridan VIII asrda arab tilining kufiy – hijoziy xatida bitilgan va “Langar Qurʼoni” nomi bilan mashhur Qurʼoni Karim nusxasining oʻrin olgani koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotmoqda.

Bundan tashqari,kufiy, muhaqqaq, nasx, nastaʼliq, nasxi Buxoro, rayhoniy kabi xatlarda hattotlar tomonidan turli davrlarda koʻchirilgan Qurʼon nusxalari eʼtiborni tortmay qoʻymaydi.Ular orasida uzoq safarlarda olib yurish uchun qulay choʻntakbop kitoblarni ham uchratish mumkin.Istambul, Qozon, Bombay va Tehronda chop etilgan Qurʼonlar, bu tabarruk kitobning ilk marta G. Sablukov tomonidan rus tiliga koʻchirilgan nusxasi, shuningdek, hattotlar foydalangan buyumlar ham koʻrgazmada namoyish etilmoqda.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring