Buxoroda Shekspir asari sahnalashtirildi

18:02 07 Fevral 2023 Jamiyat
599 0

Foto: Xalq so‘zi

Jamiyatda teatr sanʼatiga qiziqishni oshirishda, aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlarni teatr tomoshalariga jalb qilishda jahon dramaturgiyasining davr sinovidan oʻtgan namunalariga murojaat etmoqning ahamiyati katta. Ana shuni nazarda tutgan Buxoro viloyat musiqali drama teatri jamoasi buyuk dramaturg V. Shekspirning «Richard III” asarini sahnalashtirdi.

— Ushbu asarda ezgulikning yovuzlik ustidan gʻalaba qozonishi hayotiy lavhalar asosida ochib berilgan, — deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, teatrning adabiy-badiiy boʻlimi mudiri Mohigul Nazarova. — Shu boisdan u tomoshabinni befarq qoldirmaydi. Umrning oʻtkinchiligi, inson bu oniy dunyoda oʻzidan faqat ezgu nom qoldirishi, yaxshilik etagidan tutishi zarurligi toʻgʻrisida oʻylashga, mushohada yuritishga undaydi.

Asar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, taniqli rejissyor Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirildi. Spektakldagi bosh rol — Richardni teatrning yosh, isteʼdodli artisti Baxtiyor Najmiddinov ijro etgan. Tomoshabin, shuningdek, sahnada teatrning tajribali aktyorlari –Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Raʼno Hoshimova, Saodat Gʻulomova hamda muxlislar nazariga tushgan Rahim Ergashev, Anvar Mavlonovni koʻradi. Ular oʻzlariga ishonib topshirilgan rollarni, taʼbir joiz boʻlsa, qiyomiga yetkazib ijro etishgan.

Istam IBROHIMOV,  “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер