Buxoroda qurilayotgan shamol elektr stansiyalari uchun Xitoydan turbinalar olib kelinmoqda
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Xabar berganimizdek, Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining Peshku va Gʻijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 MVtdan boʻlgan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.
Shamol elektr stansiyalar uchun Xitoydan shamol generator va turbinalar maxsus transport vositalari orqali olib kelinmoqda.
Xitoyning “Envision” kompaniyasi tomonidan ushbu stansiyalar uchun 158 ta turbina yetkazib beriladi.
Mazkur elektr stansiyalar 2024-yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Stansiyalar toʻliq ishga tushirilgach, yiliga 3,6 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 1,1 mlrd metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va atmosferaga 1 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring