Buxoroda mast holatda mashina boshqargan ayol 15 sutkaga qamaldi
Videodan kadr
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida mast holatda mashina boshqargan ayol 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Gʻijduvon tumanida spirtli ichimlik taʼsirida boʻlgan fuqaro (ayol) haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmasdan turib avtomashina boshqargan. Harakat mobaynida u Yoʻl harakati xavfsizligi inspektorlari tomonidan toʻxtatib qolingan. Shundan soʻng uning ishi sudda koʻrib chiqilib, javobgarlikka tortilgan.
“Dugonalarim bilan bayram qildik, bayram boʻlgani uchun ozgina spirtli ichimlik ham isteʼmol qildik. Spirtli ichimlik isteʼmol qilganimni bilib toʻxtatdilar”, degan u.
Sud tomonidan ushbu shaxs Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismi va 131-moddasi 2- qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan uzil-kesil 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shundan soʻng ushbu fuqaro qilgan ishidan pushaymonda ekanini va bu kabi holatni sodir etishni hech kimga maslahat bermasligini aytgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring