Buxoroda “Isuzu” yukxonasidan qariyb 7 ming dona isteʼmolga yaroqsiz aroq topildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻijduvon tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Toshkent-Buxoro” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan.
Tekshiruv davomida maʼlum boʻlishicha, fuqaro Sh.A. umumiy bahosi 192 million soʻmlik jami 6 ming 751 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini Gʻijduvon tumanida oʻtkazish maqsadida olib kelganligi aniqlangan hamda tezkor tadbir xodimlari tomonidan ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring