Buxoroda Ismoil Somoniy maqbarasining 3D nusxasi yaratiladi
Buxoroning eski shahar qismida 864 — 868-yillarda qurilgan va Somoniylar davri (IX-X asr) meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri boʻlgan Ismoil Somoniy maqbarasining 3D nusxasi yaratiladi.
Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi xabariga koʻra, Ismoil Somoniy maqbarasining “Digital Twin”, 3D texnologiyalari va geografik maʼlumotlar yordamida birga-bir raqamli nusxasini (egizagini) yaratish hamda “Google maps” tizimiga biriktirish ishlari Koreya Respublikasi axborot texnologiyalarini rivojlantirish milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Loyihaga umumiy qiymati 150 ming AQSH dollari boʻlgan grand mablagʻlari ajratiladi.
Mutaxassislarning aytishicha, mazkur loyiha amalga oshirilgandan soʻng, erishilgan tajriba asosida Xiva, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy qismlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatidagi qalʼalar, arxeologik topilmalarning ham 3D nusxalari yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring