Buxoroda “электросеть” qoʻshib yozgani aniqlandi. Raqobat qoʻmitasi korxonaga nisbatan nisbatan ish qoʻzgʻatdi
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi markaziga yetkazib berilgan elektr energiya uchun yuritilgan hisob-kitoblarda amalda belgilangan tariflarni oshirib qoʻllash natijasida majmuaga nisbatan 115,0 million soʻmlik qoʻshimcha toʻlov hisoblanganligi aniqlandi.
Shu munosabat bilan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi maxsus komissiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.
Maʼlum boʻlishicha, “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi markazi tomonidan qoʻmitaning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga kelib tushgan murojaatda elektr tarmoqlari amalda belgilangan tarifga nisbatan qoʻshimcha toʻlov hisoblanayotganligidan norozi boʻlib, ushbu masalada amaliy yordam soʻralgan.
Qayd etish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diniy tashkilotlar 2003-yil 1-sentyabrdan boshlab ularga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarga toʻlovlarni aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha toʻlashi koʻrsatilgan. Shu boʻyicha hisoblanganda “elektroset” qoʻshib yozgani maʼlum boʻlgan.
Avvalroq Energetika vazirligi 200 kVt·soat limit oshirilmasligini bildirgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring