Buxoroda 4 tup koʻp yillik daraxt o‘tinlikka kesildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani Xirs qishlogʻida 100-yillik daraxtlar oʻtin uchun noqonuniy ravishda kesilgani haqidagi video murojaat tarqaldi. Viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati mazkur holat boʻyicha maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, mazkur video murojaat yuzasidan Buxoro viloyati Qorakoʻl tuman Ekologiya boʻlimi xodimlari tomonidan zudlik bilan oʻrganish ishlari olib borilgan.
Oʻtkazilgan oʻrganish jarayonida murojaatda koʻrsatilgan hududda 4 tup koʻp yillik daraxtlarning noqonuniy kesilgani tasdiqlangan.
Hozirda ushbu qonunbuzarlikni sodir etgan fuqaroning shaxsini aniqlash borasida barcha tegishli hujjatlar Qorakoʻl tuman Ichki ishlar boʻlimiga taqdim etilgan boʻlib, holat boʻyicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.
“Tabiatga zarar yetkazgan fuqaroga nisbatan qonun doirasida belgilangan tartibda choralar koʻriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻona viloyatining Buvayda tumani hokimi oʻrinbosari Saidali Xidirov noqonuniy daraxt kesish holatini rasmiylashtirmoqchi boʻlgan Ekologiya qoʻmitasi inspektori Ahrorjon Niyozovga kuch ishlatib, Milliy gvardiya xodimlari yordamida tuman IIBga olib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Shundan soʻng, tuman hokimi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Jinoyat ishi tergovi shaxsan Bosh prokuror tomonidan nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring