Buxoroda 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

09:21 20 Noyabr 2024 Jamiyat
117 0

Illyustrativ foto

Buxoro viloyatida bir oilaning ikki aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Bildirilishicha, voqea 12-noyabr kuni soat 17:00 larda Kogon shahri, “Xiva” koʻchasida joylashgan xonadonlarning birida sodir boʻlgan.

Oʻsha kuni 1987-yilda tugʻilgan ayol va uning 2012-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan farzandi xonada isitish uchun oʻrnatilgan qoʻlbola usulda tayyorlangan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?