Buxoro viloyatida “Nafosat” festivali oʻtkazildi

10:32 02 Iyun 2021 Madaniyat
1216 0

Yaqinda Buxoro viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi, «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi va bir qator tashkilotlar bilan oʻtkazib kelinayotgan aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kiyinish madaniyati targʻibotini oshirishga qaratilgan “Nafosat” festivalining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi.

Festival doirasida Gʻijduvon tumanida “HAJ” tekstil korxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu korxona paxta xomashyosidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, unda yuzlab xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi.

Bundan tashqari, “Milliy anʼanalar –zamonaviy uslubda” deb nomlangan modalar koʻrgazmasi namoyish etildi. Tadbir Sharq meʼmorligining goʻzal namunasi boʻlgan “Koʻkaldosh” majmuasida boʻldi.

Oʻzbekistonning taniqli dizaynerlari, yosh dizaynerlar, ishlab chiqarish korxonasi dizaynerlari «pret-a-porte» va “Haute couture” yoʻnalishidagi liboslar kolleksiyalari bilan ishtirok etdilar.

“Nafosat” festivali doirasida oʻtkazilayotgan bu kabi moda namoyishlari vijdon va eʼtiqod erkinligi asosida xalqimizga mos kiyinish madaniyatini targʻib qilishga, Oʻzbekistonning milliy anʼanalari va madaniyatini saqlashga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?