Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi barpo etilmoqda

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Qadimiy shaharning Ahmad Donish mahallasi hududida Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi qad rostlamoqda.
— Markazning foydalanishga topshirilishi sohada “Ustoz-shogird” anʼanasini izchil davom ettirish, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishda ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash, xorijiy tajribani amaliyotda qoʻllash, tarixiy yodgorliklarni taʼmirlashda chet ellik ekspertlarni jalb qilish imkonini beradi, — deydi taniqli ganchkor usta Alisher Gʻoyibov. — Uning malakali restavrator ustalar ish tajribasidan yoshlarni bahramand etishdagi oʻrni ham katta boʻladi.
Aytish joiz, bunday markazga anchadan buyon ehtiyoj sezilmoqda. Negaki, Buxoro viloyatida 800 tadan ziyod madaniy meros obyekti davlat muhofazasiga olingan. Arxeologiya yodgorliklari, arxitektura ansambllari, masjid-u madrasalar, karvonsaroy, tim va toqlar, qadimiy uy-joylar, diqqatga sazovor joylarning vaqt va tashqi taʼsirlar oqibatida taʼmirtalab holga kelishi kuzatilmoqda. Ularni restavratsiya qilish, koʻz qorachigʻidek asrab-avaylab, kelgusi avlodga yetkazish dolzarb masalaga aylanib ulgurdi. Ana shunday sharoitda mintaqaviy restavratsiya markazining oʻrnini hech narsa bosolmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring