Buxoro davlat tibbiyot instituti Turkiyaning bir qator oliy tibbiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatdi
Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori A. Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasining Izmir shahrida Sogʻliq bilimlari universiteti tomonidan tashkillashtirilgan “Ona va bola salomatligi” konferensiyasida ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida Turkiyaning bir qator yetakchi tibbiy oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan uchrashib, oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida hamkorlik masalalarini muhokama etildi.
Jumladan, A. Inoyatov Turkiyaning Ege universiteti kasalxonasi bosh shifokori, professor Tuncay Goʻksel uchrashdi. Muloqot davomida Ege universitetidagi shart-sharoitlar, universitetning zamonaviy laboratoriyasi bilan tanishdi. Tomonlar oʻrtasida talabalar va professor-oʻqituvchilar akademik almashinuvi, qoʻshma ilmiy loyihalarni tashkil etish, hamkorlikda qoʻshma dasturlarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib olib borildi.
Oʻz navbatida, A. Inoyatov Ege universiteti rektori, professor Necdet Budak va universitet bosh vrachi Tuncay Goʻkselni Buxoro shahriga taklif etdi.
Shuningdek, rektor A. Inoyatov Sogʻliq bilimlari universitetining Izmir shahridagi klinikasiga ham tashrif buyurib, u yerda klinika bosh jarrohi Mustafo Emiroglu bilan uchrashdi.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, 2019-2020 oʻquv yilidan Buxoro davlat tibbiyot instituti huzurida Turkiyaning sogʻliq bilimlari universiteti fakulteti va Malakali tibbiy xizmatlar maktabi joriy etildi.
A. Inoyatov va Mustafo Emiroglu ushbu fakultetga qabul qilingan talabalarning klinikada amaliyot oʻtash masalalari toʻgʻrisida muzokara olib borishdi. Har ikkala muassasa oʻrtasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan loyihalar toʻgʻrisida fikr almashildi. Uchrashuvlar yakunlariga koʻra barcha muassasalar bilan memorandumlar imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring