Buxoro davlat tibbiyot instituti Icroilning Ariyel universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyadi

01:08 29 Mart 2023 Jamiyat
874 0

Foto: BuxDTI Matbout xizmati

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti (BuxDTI) rektori Shuhrat Teshayev, xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Laziz Niyozov, Anatomiya va kafedra mudiri Ravshan Baymuradov hamda boshqa masʼullaridan iborat delegatsiya Isroilning Ariyel universitetida tashkil etilgan forumda ishtirok etdi.

Ushbu anjumanda XXI asrda akademik hamjamiyat oldida turgan global muammolarni birgalikda hal qilish imkonini beradigan dolzarb masalalarni muhokama qilindi, tajriba, gʻoya va tashabbuslar almashildi, yangi istiqbolli yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

BuxDTI vakillari Ariyel universiteti forumining ochilish marosimida maʼruzalar bilan ishtirok etishdi.

Foto: BuxDTI Matbout xizmati

Forumning keyingi kunlari mamlakatimiz delegatsiyasi Ariyel universiteti kampusining infratuzilmasi bilan tanishib, universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar hamda laboratoriyalar va simulyatsiya markazi bilan tanishdi.

Ikki oliygoh vakillari hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish, yuqori texnologik operatsiyalar oʻtkazish, immuno-gistokimyo laboratoriyasini GMP va GLP standartlari boʻyicha jihozlashda Isroil amaliyotini joriy qilish masalalari, Simulyatsiya markazi faoliyatini oʻrganish va BuxDTI simulyatsiya markazi faoliyatiga joriy qilish, shu bilan birga hamkorlikda 2 ta qoʻshma taʼlim dasturini ochish boʻyicha shartnomalar imzolashga hamda ikki OTM orasida qoʻshma taʼlim dasturlarni amalga oshirish maqsadida ishchi guruh tarkibi kelishib olindi.

Institut matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, mazkur safardan quyidagi natijalar kutilmoqda:

  • kelgusida ikki oliy taʼlim dargohlari hamkorlikda ilmiy-tadqiqot oʻtkazish va xalqaro grantlarga proyektlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
  • 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab “Tibbiy biologiya va molekulyar genetika” boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturi tashkil etish;
  • hamkorlikda yuqori texnologik operatsiyalarni yoʻlga qoʻyish;
  • magistratura, klinik ordinatura, doktorantura talabalarining va professor-oʻqituvchilarining malaka oshirish, qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarini hamda akademik mobillik doirasida almashinuvlarni tashkil etish koʻzda tutilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, BuxDTI va Isroilning Ariyel universiteti oʻrtasida hamkorlik aloqalari 2022-yil sentyabr oyida yoʻlga qoʻyilgan. Oʻshanda Buxoro shahrida boʻlib oʻtgan “Birinchi Oʻzbekiston Isroil akademik forumi” da ishtirok etgan Isroilning Ariyel universiteti rektori Albert Pinxasov institutga tashrif buyurib, rektor Sh. Teshayev bilan muzokaralar oʻtkazgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер