Buxoro Arkida arxeologik istirohat bogʻini tashkil etish yuzasidan muhokamalar boshlandi

19:22 04 Sentyabr 2023 Madaniyat
983 0

Buxoroning tarixiy markazida madaniy meros obyektlarini saqlash va ulardan sayyohlik yoʻnalishida samarali foydalanishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar davom ettirilmoqda.

Madaniy meros boshqarmasi, Samarqand Arxeologiya institutining Buxoro viloyati filiali, Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasining mutaxassislari tomonidan Ark qalʼasining sayyor oʻrganish ishlari oʻtkazildi.

Xususan, yillar davomida turli taʼsirlar natijasida Ark qalʼasining vayron qilingan qismida arxeologik istirohat bogʻini barpo etishga doir masalalar tajribali arxeolog va soha mutaxassislari bilan hamkorlikda muhokama qilindi.

Hozirda yetakchi tadqiqotchilar mazkur tarixiy yodgorlikni kelgusida sayyohlar uchun yanada qulay maskanga aylantirish, chuqur ilmiy izlanishlarni davom ettirish hamda keng jamoatchilik xabardorligini oshirish yuzasidan bahs-munozaralar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?