Bugungi yoshlarimizning ovozi, gʻoya va tashabbuslari, kuch-gʻayrati barcha soha va tarmoqlarga chuqur kirib bormoqda — Shavkat Mirziyoyev
 
                Bugungi yoshlarimizning ovozi, gʻoya va tashabbuslari, kuch-gʻayrati barcha soha va tarmoqlarga chuqur kirib bormoqda. Ular xalqimizning necha yillik orzu-armonlarini real haqiqatga aylantirmoqda.
Futbol boʻyicha milliy terma jamoamiz mamlakatimiz tarixida ilk bor jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritib, 34-yillik orzu-umidimizni roʻyobga chiqardi.
Talaba yoshlarimiz esa Xalqaro yozgi universiada oʻyinlarida 116 ta davlat orasida ilk bor birinchi oʻn beshtalikka kirdi, Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi.
Ushbu bayram arafasida 19 va 22 yoshli bokschilarimiz Osiyo chempioni degan yuksak unvonga sazovor boʻlib, oʻzbek boks maktabining shuhratini dunyoga yana bir bor namoyon etdi.
“Sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, Oʻzbekistonni chinakam sport mamlakatiga aylantirish maqsadida istiqbolli oʻgʻil-qizlarimizga atab Toshkentda ulkan Olimpiya shaharchasini barpo etdik.
Mamlakatimiz tarixida birinchi marta zamonaviy taʼlim va bilim beradigan Futbol akademiyasi qad koʻtardi. Ishonchim komil, zamonaviy sport arxitekturasining noyob durdonasi boʻlgan ushbu majmualar minglab boʻlgʻusi chempionlarimiz uchun yuksak parvoz maydoniga aylanadi”, – dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring