Bugun vayronkor Toshkent zilzilasiga 58-yil boʻldi — Foto
Foto: Oʻzbekiston Kinofotfonohujjatlar milliy arxivi
1966-yil 26-aprel kuni soat 5:23da Toshkentda dahshatli zilzila sodir boʻladi. Zilzila oʻchogʻidagi silkinish magnitudasi 5,2, epitsentrdagi yer yuzasida seysmik taʼsir esa 8 balldan ortiq, chekka joylarda 6 ballni tashkil etadi.
Zilzilaning oʻchogʻi shaharning markaziy qismida nisbatan kichik chuqurlikda — yer tagida 3 kmdan 8 kmgacha boʻlganligi sababli zilzila shaharni toʻliq vayron qilib yubormadi. Seysmik tebranishlar koʻproq vertikal boʻlganligi uchun hattoki eski paxsali uylar toʻliq buzilishining oldi olindi. Kuchli zarbadan uylar qiyshayib va yorilib ketdi. Oʻnlab, asosan jamoat binolari qulab tushdi.
78 ming oila, yoki oʻshanda poytaxtda istiqomat qilgan 1,5 millionlik aholining 300 mingdan ortigʻi uysiz qoldi. Zilzila oqibatida 8 kishi halok boʻldi va taxminan 200 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Toshkent aholisi piyodalar yoʻlagi va shahar xiyobonlaridagi maysalar ustida yoyilgan katta palatkalarga koʻchib oʻtishdi. Suv quvurlari tarmogʻi ishlardi va elektr energiyasi uzilishlarsiz yetkazib berilardi, bu esa epidemiyaning oldini olishga yordam berdi.
Vayronagarchiliklarni boshidan oʻtkazgan shaharga sobiq Sovet ittifoqining barcha respublikalari yordam koʻrsatdi. Toshkentga palatkalar, dori-darmonlar, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, texnika yetkazildi. Shaharda 15 mingdan ortiq savdo palatkalari oʻrnatildi, 600 ga yaqin vaqtinchalik magazinlar va ommaviy ovqatlanish joylari ochildi.
1966-yil qishining boshidayoq quruvchilar 300 mingdan ortiq toshkentliklar uchun uy-joy barpo etishdi. 1968-yilga kelib Toshkent deyarli qayta qurilib bitkazildi. Toshkentning chekka hududlarida butun boshli mavzelar qad koʻtardi, buzilib ketgan shahar markazida kvartallar qaytadan qurildi, yoʻldosh shahar — Sergeli paydo boʻldi. Maktablar, madaniy-maishiy va maʼmuriy binolar barpo etildi. Shaharning maydoni va aholisi 1,5 marotabaga koʻpaydi.
1976-yil fojianing 10-yilligi munosabati bilan Toshkentda zilzila oqibatlarining bartaraf etilishiga bagʻishlangan “Jasorat” monumental majmuasi oʻrnatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring