Bugun oʻqituvchilar attestatsiyasi uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborishning oxirgi kuni

16:50 30 Sentyabr 2025 Jamiyat
549 0

Bugun oʻqituvchilar attestatsiyasi uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborishning oxirgi kuni. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.

Maʼlumki, 2025-yilning 1-avgustidan boshlab avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlangandi.

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-oktyabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi belgilangan.

Attestatsiyada ishtirok etmoqchi boʻlgan talabgorlar oʻz murojaatlarini quyidagilar orqali yuborishlari mumkin:

  • Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi “pedagog.uzedu.uz” – platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi:
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali “my.gov.uz” orqali;
  • davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil avgust dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari ayni vaqtda Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun hamda “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqich saralash sinovi ham hisoblanadi. Shuningdek, mazkur attestatsiyada 86 va undan yuqori ball toʻplab olingan yoki saqlab qolingan oliy hamda birinchi malaka toifalari uchun keyingi ikki yil davomida 70 foiz ustama toʻlab berish amaliyoti ham davom ettiriladi.

Maʼlumot uchun:

  • Avgust-sentyabr oylarida murojaatlar qabul qilinadi,
  • Oktyabr-Noyabr oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;
  • Dekabr oyida esa sertifikatlar tarqatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?