Bugun Maqsud Shayxzoda haqidagi hujjatli filminng premyerasi boʻlib oʻtadi
Bugun soat 19:00 da Adiblar xiyobonida Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Ikki xalq dilbandi” hujjatli filmining premyerasi oʻtkaziladi. Mazkur turkum hujjatli filmlar premyeralari Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yilda boʻlib oʻtadigan “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.
“Ikki xalq dilbandi” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda «First art media» studiyasi tomonidan suratga olingan.
Kuni kecha Bobur, Abdulla Oripov, Gʻafur Gʻulom hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etilgandi. Oldinda 29-sentyabrga qadar Ogahiy, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy, Oybek va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premyeralari boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring