Bugun “Manchester Siti” tarixidagi eng yomon kun boʻlishi mumkin, agar...
Yevropa chempionlar ligasi umumiy bosqichining soʻnggi 8-tur bahslari, bugun, 29-yanvar kuni, boshlanadi. Soʻnggi turdan oʻrin olgan barcha uchrashuvlar bir vaqtda, Toshkent vaqti bilan 30-yanvarga oʻtar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.
YECHLning 8-turiga kelib bir nechta yirik jamoalarning turnirni davom ettirishi soʻroq ostida qolmoqda. Bu ularning soʻnggi turgacha toʻplagan ochkolari bilan bogʻliq.
Jumladan, hamyurtimiz Abduqodir Husanov toʻp tepadigan “Manchester Siti” jamoasi 7 tur davomida bor yoʻgʻi 8 ochko toʻplagan holda 25-oʻrinni egallab turibdi. “Shaharliklar” nimchorak finalga oʻtishi uchun bugun tunda Belgiyaning “Bryugge” jamoasini taslim qilishlari kerak boʻladi. “Man Siti” magʻlubiyatga uchrasa yoki durrang qayd etsa, YECHLning keyingi bosqichiga oʻta olmaydi. Bu esa klubning Chempionlar ligasi tarixida qayd etgan eng yomon natijasiga aylanadi.
Bundan tashqari, Fransiyaning “PSJ” klubi ham turnirda qayd etayotgan natijasi bilan maqtana olmaydi. Jamoa ortda qolgan 7 turdan soʻng 10 ochko jamgʻarib turnir jadvalida 22-oʻrindan joy olgan. Parijliklar bugun tunda Germaniyaning “Shtutgard” jamoasiga qarshi, mehmonda toʻp suradi. “PSJ” magʻlubiyatga uchrasa turnirdagi ishtirokini shu yerdayoq yakunlaydi.
Turnirning shu bosqichiga kelib, 8 ta jamoa nimchorak masalasini hal qilishga ulgurgan. Angliyaning “Liverpul” jamoasi 7 turdan keyin 100 foizlik natija koʻrsatgan holda turnir jadvalida peshqadam boʻlib turibdi. Undan keyingi oʻrinlarda “Barselona”, “Arsenal”, “Inter”, “Atletiko”, “Milan” hamda “Bayer” jamoalari kuchli sakkizlikka yakun yasagan.
Bugun boʻlib oʻtishi belgilangan 8-tur bahslarida “Manchester Siti” – “Bryugge”, “Yang Boyz” – “Srvena Zvezda”, “Sporting” – “Bolonya”, “Lill” – “Feyenoord”, “Dinamo Zagreb” – “Milan”, “Jirona” – “Arsenal”, “Yuventus” – “Benfika”, “Shtutgart” – “PSJ”, “Inter” – “Monako”, “Zalsburg” – “Atletiko Madrid”, “Bayer” – “Sparta Praga”, “PSV” – “Liverpul”, “Brest” – “Real Madrid”, “Barselona” – “Atalanta”, “Borussiya D” – “Shaxtyor Donesk”, “Shturm” – “RB Leypsig”, “Bavariya” – “Slovan Br”, “Aston Villa” – “Seltik” klublari keyingi bosqich masalasini hal qilish uchun saf tortishadi.
Maʼlumot uchun, Yevropa chempionlar ligasining yangi formatiga koʻra, eng koʻp ochko toʻplagan sakkizta jamoa nimchorak finalga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. 9-24 oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar pley-off oʻyinlari orqali nimchorak masalasini hal qilishadi. Eng kam ochko toʻplagan 12 ta jamoa esa turnir bilan xayrlashadi.
Eslatib oʻtamiz, Abduqodir Husanovni Yevropa chempionlar ligasi oʻyinlarida koʻrishimiz “shaharliklar”ning bugungi gʻalabasiga bogʻliq. UEFA qoidalariga koʻra, klubga yangi qoʻshilgan futbolchi faqatgina turnirning pley-off bosqichidagina jamoa qaydnomasiga kiritiladi. “Man Siti” bugun magʻlubiyatga uchrasa yoki durrang qayd etsa Husanovni bunday yirik turnirda koʻrish imkoniyatimiz keyingi mavsumga qolib ketashi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring