Bugun 3 sport turi boʻyicha atletlarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi
Bugun — 8-oktyabr sanasida turli mamlakatlarda 3 sport turida jamoamiz vakillari ishtirok etishadi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabariga koʻra, Tailandda o‘tayotgan voleybol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida AGMK jamoasi musobaqaning birinchi turida mezbonlar bilan bahs olib boradi. Shuningdek, Saudiya Arabistonida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida, Italiyada esa dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham yosh sportchilarimiz bahslarga kirishadilar.
Taqvim quyidagicha:
Voleybol, OCh. 1-tur:
10:30. AGMK – “Daymond Fud” (Tailand)
Og‘ir atletika
12:30. -73 kg: Diyorbek Ermatov
Dzyudo
-70 kg: Mamlakat Sultonova – Izabella Garriga (AQSh) birinchi davra
-81 kg: Nurbek Murtazoyev – Eljan Hajiyev (Ozarbayjon) ikkinchi davra
-90 kg: Dilshodjon Bahodirov – Amjad Fallatah (Saudiya Arabistoni) ikkinchi davra.
Bo‘lajak bahslarda hamyurtlarimizga omad tilaymiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring