Bu ovozlar menga begona emas — bir guruh ijodkorlar aholi xonadonida boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi Oʻzbekiston — yoshlari birlashaylik” shiori ostida maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Shu maqsadda bir guruh “Maʼrifat” targʻibotchilari, ziyolilar, olimlar va sanʼatkorlar Navoiy viloyatiga yetib keldi.
Tashrif davomida Ijtimoiy- maʼnaviy tadqiqotlar instituti rahbari oʻrinbosari Munira Qahhorova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Erqulova, Oʻzbekiston xalq artisti Odina Narzullayeva hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boʻlim boshligʻi Farogʻat Xudoyqulovalar “Mehr-saxovat” loyihasi doirasida kam taʼminlangan oilalar xonadonlarida boʻldi.
Bahodir Temirov va uning turmush oʻrtogʻi mehmonlarni koʻzda yosh bilan kutib olishdi. Otaxon 66 yoshda, bir necha yildan buyon koʻrish qobiliyati cheklangan.
“Koʻzim koʻrsaydi, sizlarni koʻra olsa edim, Navoiyni aylantirardim. Xayolimga kirmagan narsalar boʻldi, bugun.Uyimga mehmon boʻlib kelganlarni televizorlarda yoki radioda ismlarini eshitganman. Bu ovozlar menga begona emas.
Butun umr haydovchilik qilib, dunyo kezgan odamman. Sanʼatni juda ham yaxshi koʻraman. Kayfiyatim juda ham koʻtarildi. Rosti poytaxtdan shunday insonlar uyimga kelishini, mehmon boʻlishini, men uchun ashula aytib berishini kutmagan edim”, dedi otaxon.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring