Britaniya oʻzbekistonlik mehnat migrantlari sonini koʻpaytirmoqchi

00:02 16 Iyun 2024 Siyosat
512 0

Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va «Vatandoshlar» jamoat fondi vakillaridan iborat delegatsiya Linkolnshir shahridagi Staples Vegetables fermer xoʻjaligiga tashrif buyurib, bu yerda vaqtincha ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan uchrashdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston delegatsiyasi fuqarolarning yashash va ish sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Ularning Britaniyada boʻlishlari, maishiy va boshqa muammolari yuzasidan fikr almashildi, mahalliy qonunchilikka rioya etish yuzasidan suhbat oʻtkazildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida fermer xoʻjaligi rahbariyati va Britaniyaning Pro-Force rekruting kompaniyasi bilan muzokaralar tashkil etildi.

Unda Britaniya qishloq xoʻjaligi sohasida oʻzbekistonlik ishchilarni ish bilan taʼminlash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Britaniya tomoni ushbu yoʻnalishda yoʻlga qoʻyilgan hamkorlikni yuqori baholab, Oʻzbekistondan mavsumiy ishchilarni yollashni davom ettirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Pro-Force rekruting kompaniyasi direktori Endi Simpsonning taʼkidlashicha, joriy yilda uning kompaniyasi 600 dan ortiq kishini ishga olgan. U, shuningdek, kelasida Oʻzbekistondan mehnat migrantlari sonini koʻpaytirish rejalashtirilganini bildirdi.

Umuman olganda, 2025-yilda Britaniya hukumati tashqi ishchi kuchining umumiy sonini 40 ming kishiga yetkazmoqchi, ularning maʼlum qismi Markaziy Osiyodan jalb qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?