Braziliyalik futbolchi Dani Alves Barselonada hibsga olindi
Фото: Reuters
Braziliya terma jamoasi va “Barselona”ning sobiq futbolchisi Dani Alves jinsiy zoʻravonlikda ayblanib Ispaniya politsiyasi tomonidan hibsga olindi.
“Barselona”ning sobiq futbolchisi Alves politsiya boʻlimida koʻrsatma berganidan soʻng sudga keltirildi. Gumon qilinuvchiga nisbatan qanday ehtiyot chorasi qoʻllanilishini sudya hal qiladi. Manbaga koʻra, Alves qamoqqa olinishi hozircha nomaʼlum.
Maʼlum boʻlishicha, bir ayol politsiyaga 30-dekabr 39 yoshli himoyachi Barselonadagi tungi klublardan birida unga tegajoqlik qilgan haqida ariza bilan murojaat qilgan. Politsiya voqea yuzasidan tergov boshlagan.
Futbolchi doʻstlari bilan klubga borgan, u yerda bir guruh qizlar ularga yaqinlashib, gaplasha boshlagan. Videokuzatuv kameralariga koʻra, braziliyalik va ayollardan biri bir vaqtda hojatxonaga borgan va bir necha soniyadan keyin chiqib ketgan. Alves oʻziga qoʻyilgan barcha ayblovlarni rad etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring