Boshqaruv sohasida xotin-qizlar ulushi necha foiz ekani ma’lum qilindi
Joriy yilning 10-iyul kuni AOKAda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirokida “2025-yil davomida oila va xotin-qizlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Qayd etilishicha, 2017-yilda boshqaruv sohasida xotin-qizlar ulushi oʻrtacha 27 foizni tashkil etgan boʻlsa, hozirda bu raqam 35 foizga yetdi. Ayollar ulushi tadbirkorlik sohasida 45 foiz, siyosiy partiyalar tarkibida 49 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizi, Senat aʼzolarining esa 27 foizi, Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlarining 32 foizi xotin-qizlardir. Bu natijalar siyosiy iroda, xalqchil yondashuv va eng muhimi, ayolning imkoniyatiga bildirilgan yuksak ishonch samarasidir.
Joriy yilda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻnalishida 100 ga yaqin hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, Oila kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga koʻra yarashish uchun muhlat tayinlamasligi belgilandi.

Shu bilan birga, Uy-joy kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, turar-joydan foydalanish haqidagi nizolar koʻrib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan turar-joy mulkdorining tashabbusi bilan uyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni mulkdorga tegishli mutanosib sharoitlarga ega boʻlgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar-joy uchun ijara haqini toʻlash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkinligi belgilandi.

2025-yilda 28 nafar qizlar Prezident Qaroriga koʻra Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Natijada, ushbu nufuzli mukofot bilan taqdirlangan qizlar soni 480 taga yetdi.

Bundan tashqari, shu yili ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz xotin-qizlarning 518 306 nafari bandligi taʼminlandi hamda 156 290 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitildi. Boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand ayollarning 87 618 nafariga moddiy yordam koʻrsatildi. Ulardan 363 nafarining uy-joylari taʼmirlab berildi.

“Xonadonbay” ishlash orqali esa huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli boʻlgan 13 759 ta muammoli oilalar hamda 3 860 nafar alohida toifadagi xotin-qizlar aniqlandi. 6. Ularga “Oqila ayollar” harakati aʼzolari va boshqa ijtimoiy faol ayollardan iborat jami 17 716 nafar “tarbiyachi-maʼnaviy homiy”lar biriktirildi. Natijada, 11 065 ta oilalardagi turli ijtimoiy maishiy muammolar hal etildi, 2 951 nafar xotin-qizlarning ijtimoiylashuvi taʼminlandi.
Xulosa qilib aytganda, soʻnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xotin-qizlarga oid Davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari asosida yaratilgan tizimli islohotlar natijasida yurtimizda oilani mustahkamlash va xotin-qizlar rolini oshirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda va ularning turli soha hamda tarmoqlarda samarali faoliyat yuritib, davlat rivojiga munosib hissa qoʻshishi taʼminlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring