Bosh vazir konstitutsiyaga xilof harakati uchun lavozimidan boʻshatildi. Tailand Konstitutsiyaviy sudi vazirni aybli deb topgan
Foto: binance.com
Tailand Konstitutsiyaviy sudi bosh vazir Settxa Txavisinni konstitutsiyani buzganligi uchun lavozimidan chetlatdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Sud qaroriga koʻra, Txavisin sobiq advokat Pichit Chuyenbanni oʻz kabinetiga tayinlash orqali “axloqsiz harakat qildi” deb topilgan. Qayd etilishicha, Pichit ilgari poraxoʻrlikka urinish uchun qamalgan va yuqori davlat organiga ishlashishi yaxshi ish sifatida qaralmagan. Bu qaror Settxani soʻnggi 16-yil ichida sud tomonidan ishdan boʻshatilgan uchinchi Tailand bosh vaziriga aylantirdi.
Bir yildan kamroq vaqt davomida hukumat rahbari boʻlgan Settxa afsusda ekanligini bildirdi, lekin sud qarorini oʻzgartirmasligini bildirgan. Tailand parlamenti yangi bosh vazirni saylaguncha uning oʻrnini vaqtinchalik rahbar egallaydi. “Ushbu sud hukm Tailanddagi siyosiy beqarorlikni kuchaytiradi”, deb yozadi BBC.
Tailanddagi siyosiy manzara, ayniqsa, oʻtgan yilgi umumiy saylovlardan soʻng keskinlashgan. Islohotchilarning “Move Forward” partiyasi eng koʻp ovoz toʻpladi, biroq harbiylar tomonidan tayinlangan senat ularga hukumat tuzishida toʻsqinlik qilgandi. Buning oʻrniga ikkinchi oʻrinni egallagan muxolifatdagi “Pheu Thai” partiyasi koalitsiya tuzib, Settxani bosh vazirlikka nomzod sifatida ilgari surgandi.
Qayd etish kerakki, Settxaning tayinlanishi Tailanddagi toʻqqiz yillik harbiy boshqaruvni tugatganligi bilan ajralib turadi. Tailand Konstitutsiyaviy sudining ushbu qarori yakuniy hujjat hisoblanadi va appelyatsiya berishning imkoni yoʻq.
Avvalroq, Entoni Blinken 20 milliard dollarlik qurol yetkazib berishga rozi boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring