Bosh prokuratura huzuridagi Departament Surxondaryoda huquqbuzarlarni qoʻlga tushirdi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Surxondaryo viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari bilan savdo qilayotgan doʻkonlarning fosh qilinganligini maʼlum qildi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Uzun tumani va Termiz shahri boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “F.S.” MCHJ rahbari S.I. hamda YATT B.X. qonunga xilof ravishda tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgani maʼlum boʻlgan.
Aniqlanishicha, mazkur tadbirkorlarning savdo doʻkonlaridan xorijda ishlab chiqarilgan jami 3 ming 723 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan va hujjatlashtirilgan.
“Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Surxondaryoda hech qanday hujjatlarsiz dori savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring