Bosh maqsadimiz qonunlar xalqchilligini taʼminlashdir
Yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqida mamlakatimizni kelgusi 7 yillikda yanada rivojlantirish hamda koʻp millatli xalqimizning turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgan bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Jumladan, Prezidentimiz bildirilgan xalqimizning yuksak ishonchi kelgusi 7 yillikda bajariladigan ishlar barchamizdan xoh u xalq vakili deputat yo senator boʻlsin, xoh vazir va hokim, davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari har birimizdan avvalgidan ikki-uch karra koʻproq gʻayrat va shijoat bilan ishlashni talab etishini taʼkidlab oʻtdi.
Bunda esa eng avvalo, islohotlarimizning taʼsirchanligi va bardavomligini taʼminlash, tanlagan yoʻlimizda uchrashi mumkin boʻlgan barcha xavf-xatar, toʻsiq va gʻovlarni hisobga olgan holda ish olib borishimiz, talafotsiz koʻzlangan manzilga yetishimizga xizmat qiladi.
Nega deganda, bugungi keskin raqobat olamida kechagi mezon va yondashuvlar bilan rivojlanib boʻlmasligini hayotning oʻzi bizga namoyon etmoqda. Shu bois, har bir imkoniyatdan oqilona foydalanib, har qanday muammoni aql bilan, ilm bilan hal qilishimiz, turli sinovlarni xalqimiz bilan bamaslahat, ogʻir-vazmin boʻlib yengib oʻtishimiz zarur boʻladi.
Bu jarayonda parlament palatalari, hukumatimiz, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar oʻzlarining kelgusi faoliyatlarini yuqoridagi kabi omillarning barchasini inobatga olgan holda tashkil etishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, Prezidentimiz nutqida taʼlim va tarbiya, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish, yangi uy-joylar qurish, aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi bilan ishonchli taʼminlash, ijtimoiy infratuzilmalar ishini yaxshilash boʻyicha ham bir qator ishlar amalga oshirilishini aytib oʻtdi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratilib, yangi-yangi ish oʻrinlari ochish, aholi daromadlarini koʻpaytirish, yoshlar va xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitish, ularning bandligini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Bu jarayonda aholining ehtiyojmand qatlamlari, nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz keksalarni qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish ham ustuvor maqsad va vazifalardan biri sifatida belgilanadi.
Jumladan, Prezidentimizning saylovoldi dasturida nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim yaratilib, bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarga ham alohida eʼtibor qartilgan.
Xususan, ortopediya, reabilitatsiya, tibbiyot va dori vositalarini nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻzlari tanlaydigan, davlat esa pulini toʻlab beradigan tizim joriy qilinadi. Ushbu tizimning joriy etilishi esa, yurtimizdagi minglab imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga keng imkoniyat yaratib berish bilan bir qatorda, ularning oʻzlariga boʻlgan ishonchini yanad ortishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, nogironlikni belgilash boʻyicha hozirgi tibbiy modeldan ijtimoiy modelga oʻtiladi. Yaniy endilikda nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqat tibbiy koʻmak koʻrsatiladi shu bilan birga, ishlash istagidagi nogiron shaxslarga oʻz qobiliyatlarini toʻlaqonli namoish etishlari uchun zarur boʻlgan sharoitlar ham yaratib beriladi.
Va bu boradagi eng muhim tashabbuslardan biri, oilasidagi nogironligi boʻlgan odamga qarovchi ehtiyojmand insonlarga ish haqi toʻlash tizimining joriy qilinishidir. Xalqimizda kasal emas, uni boqqan kasal degan ajoyib bir maqol bor. Endilikda nogironligi boʻlgan shaxslarga qarovchilarga ish haqqi berilishi oʻylaymanki nafaqat ularni iqtisodiy jihatdan, shu bilan birga, ruhan ham yanada qoʻllab-quvvatlanishiga sabab boʻladi.
Umuman, olganda Prezidentimiz nutqida taʼkidlanganidek, kelgusi 7 yillikda mamlakatimizni taraqqiy etirishga qartilgan yangi strategiya ishlab chiqiladi. Ushbu strategiyaning hayotimizga toʻlaqonli tatbiq etilish biz xalq vakilaridan xalqchila va barcha soha va tarmoqlar taraqqiyotiga toʻsiqlarsiz xizmat qiladigan qonunlarni ishlab chiqishni talab etadi.
Oltinoy Mamirova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring