Bolgariyada 22 yoshli oʻzbek qoyatoshlar orasiga tiqilib qolib halok boʻldi

20:13 08 Avgust 2025 Jamiyat
287 0

Videodan kadr

Bolgariyaning Sozopol shahrida doʻstlari bilan choʻmilishga borgan 22 yoshli oʻzbekistonlik talaba qoyatoshlar orasiga qisilib qolib halok boʻldi. Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi vaziyatni oʻz nazoratiga olganini maʼlum qildi.

Bildirilishicha, voqea kecha, 7-avgust kuni Sozopol shahridagi Kavatsite sohilida yuz bergan. Toshkent viloyatida yashovchi 22 yoshli J.M. choʻkayotgan ukrainalik qizni qutqarishga harakat qilish jarayonida kuchli toʻlqinlar taʼsirida nazoratni yoʻqotgan va suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasiga qisilib qolgan.

Hozirda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi va Bolgariyadagi Faxriy konsulligi hozirda mazkur davlatning huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy qutqaruv xizmatlari hamda Bolgariya Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan doimiy aloqada ish olib bormoqda.

Burgas viloyati Sozopol shahar hokimiyati va FVB tomonidan berilgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ayni vaqtda dengizda kuchli toʻlqinlar davom etayotgani sababli marhum jasadini qoyatoshlar orasidan olib chiqish ishlari hali ham davom etmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov ham ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.

“Mamlakatimiz fuqarosining Bolgariyaning Sozopol shahrida vafot etganligi haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik. Marhumning oila aʼzolariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz”, deb yozgan TIV vakili.

Uning qoʻshimcha qilishicha, hozirda diplomatlarimiz marhumning yaqinlari hamda Bolgariyaning tegishli davlat idoralari vakillari bilan hamkorlikda ishlamoqda. Vaziyat yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер