Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilmoqda

11:11 19 Dekabr 2025 Siyosat
194 0

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Senatning 12-yalpi majlisida “Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning institutsiyaviy hamda huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Shu bilan birga, bugungi kunda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirish, ularni jinsiy zoʻravonlikdan himoya qilish, jinoyat protsessida guvoh sifatida jalb etishning aniq mexanizmlarini belgilash zarurati yuzaga kelmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Ushbu Qonun bilan Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga bolalarga nisbatan Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligini hamda ularni soʻroq qilish jarayonida qonuniy vakillarning ishtirok etishi tartibini belgilovchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun jinoyatlarning oldini olishga, sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini taʼminlashga, shuningdek, bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер