Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga direktor tayinlandi
Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Polatova Djamila Shagayratovna Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
D. Polatova 1998-yili II Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, klinik ordinatura va aspirantura bosqichlarida tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida katta ilmiy xodimlikdan boshlab, yetakchi ilmiy xodim, boʻlim ilmiy rahbari vazifalarida mehnat qilgan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor D. Polatova tayinlovga qadar Toshkent davlat stomatologiya institutining onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring