Bola nega tugʻma yurak nuqsoni bilan dunyoga keladi?
Foto: Illustrativ surat
Shu kunlarda tugʻma yurak nuqsonidan aziyat chekayotgan 2 ming nafar bola davlat tomonidan ajratilgan 64 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga yuqori texnologik operatsiyalar orqali ogʻir darddan xalos boʻlmoqda. Ularning barchasi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari.
SSV Matbuot xizmati bu kasallikning kelib chiqishi, unga qanday omillar sabab boʻlishi haqidagi savollar bilan tibbiyot fanlari doktori, professor Hakimjon Abrolovga murojaat qildi.
— Yurakning tugʻma nuqsonlari ogʻir kasallik, — deydi shifokor. — Ular yangi tugʻilgan chaqaloqlar va hayotining birinchi yilidagi bolalar oʻlimi boʻyicha yuqori oʻrinda turadi.
Xastalik rivojlanishining asosiy 6 ta sababi bor. Ular quyidagilardan iborat: stress, onaning surunkali yoki oʻtkir infeksiyali kasalliklari, virusli xastaliklar, gormonal va neyrogumoral faktorlar hamda yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh.
Shuningdek, homilador ayollardagi anemiya, tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish, baʼzi dorilardan foydalanish ham homilaning sogʻlom rivojlanishiga salbiy taʼsir etishi, natijada, bola tugʻma nuqsonlar bilan dunyoga kelishi mumkin.
Kasallikka chalingan bolalarda lablar, quloqlar va tirnoq ostidagi terining koʻkarishi, terlash, yurakda shovqin, tez nafas olish, charchoq, ishtahaning pastligi, tana vazni ortishining sustligi, nafas olish paytida qovurgʻalarning siqilishi, yurakning tez urishi kabi bir necha simptomlar kuzatiladi.
Uning oldini olish uchun homiladorlikni rejalashtirishdan avval boʻlajak ota-ona tor doiradagi mutaxassislar koʻrigidan oʻtishi va aniqlangan xastaliklardan toʻliq davolanishi lozim. Buning eng samarali yoʻli homilador ayollarni skrining koʻrigiga oʻz vaqtida jalb etishdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring