Bola necha yoshdan sport bilan shugʻullanishni boshlashi kerak?
Farzandlar sogʻlom oʻsishi uchun ularning toʻgʻri ovqatlanishi bilan birga, jismoniy faolligi muhim ahamiyatga ega.
Shu bois ota-onalar oʻgʻil-qizlari uchun sport toʻgaragi tanlashda ularning yoshi, boʻyi, jismoniy imkoniyatlari, xohishi va ayniqsa, mavjud kasalliklarini inobatga olishi zarur.
— Xususan, 3 yoshgacha boʻlgan bolalar bilan faqat badantarbiya mashqlari bajariladi, — deydi Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻlim boshligʻi Barno Odilova. — 4-5 yoshli oʻgʻil-qizlarni esa avval gimnastik mashgʻulotlarda «toblab», tanasini chiniqtirish maqsadga muvofiq. Sababi bu yoshdan keyin suyakning qayishqoqligi kamayib, bola koʻpgina mashqlarni bajarishga qiynaladi.
Insonning asab tizimi asosan 5-6 yoshdan mustahkamlana boshlashini inobatga olsak, sport bilan shugʻullanish uchun bu palla eng maqbul davr hisoblanadi. Chunki bola bu vaqtda murabbiy bergan vazifalarni bajara oladigan yoshga yetadi.
6 yashar bolaning xohishiga koʻra istalgan sport toʻgaragiga berish mumkin. Ammo bu davrda ular uchun eng foydalilari — suzish, badiiy gimnastika va futbol.
Bolalarda koʻp uchraydigan skolioz kabi xavfli kasalliklarni 6-12 yoshgacha suzish, turnikda mashqlar bajarish va yengil atletika yordamida davolash mumkin. Koʻrish qobiliyati past oʻgʻil-qizlar esa 9-11 yoshda stol tennisi va katta tennis bilan faol shugʻullanishi lozim.
Salomatlik uchun barcha sport turi foydali boʻlsada, ulardan ayrimlarini maʼlum davrlarda cheklash maqsadga muvofiq.
Masalan, tanasining rivojlanishi kechikayotgan 12-14 yosh oraligʻidagi oʻgʻil-qizlarga karate, taekvondo, dzyudo kabi ogʻriq beruvchi usullarga boy sport turlari tavsiya etilmaydi. Aks holda bolaning boʻyi oʻsmay qolishi mumkin.
Xuddi shunday 9-12 yoshda ogʻir atletika bilan shugʻullanish ham maʼqul emas. Chunki bu bolaga «ogʻirlik» qilib, buyragi atrofini yogʻ qoplashiga olib keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring