Boks afsonasi oʻz uyida vafot etgan holda topildi
Britaniyalik boks boʻyicha sobiq jahon chempioni Rikki Xatton 46 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Politsiya maʼlumotiga koʻra, Xattonning jasadi yakshanba kuni ertalab Greyter Manchesterning Hayd shahridagi uyidan topilgan.
“Bugun soat 06:45 da politsiya “Bowlacre Road” manziliga chaqirildi. U yerda 46 yoshli erkakning jasadi aniqlangan. Hozircha uning oʻlimiga doir shubhali holatlar qayd etilmadi”, deyiladi politsiya bayonotida.
Rikki Xattonning oʻlimidan keyin koʻplab taniqli bokcchilar uni yodga oldi. Sobiq jahon chempioni Amir Xon X ijtimoiy tarmogʻida: “Bugun biz nafaqat Buyuk Britaniyaning eng buyuk bokcchilaridan birini, balki doʻst, ustoz va jangchini yoʻqotdik”, deb yozdi.
Ogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri esa Instagramʼda: “Rikki Xatton — afsona. Uni hech kim unutmaydi. Ishonolmayman, juda yosh ketdi”, deya izoh qoldirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring